Sud marhum sharqshunos olim Andrey Kubatinning oilasiga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi da’voni qisman qanoatlantirdi. Toshkent shahar Moliya boshqarmasi uning yaqinlariga 150 mln so‘m to‘lashi kerak. Oilasi esa dastavval 3,5 mlrd so‘m miqdorida tovon puli so‘ragan.
Marhum olim Andrey Kubatin Nursulton shahrida joylashgan Xalqaro Turk Akademiyasining oltin medali bilan taqdirlandi. Kubatin mazkur akademiyada 2014 yilning ikkinchi yarmidan boshlab yarim yil faoliyat ko‘rsatgan.
Bosh prokuratura turkshunos olim Andrey Kubatinga DXX tomonidan ruhiy va jismoniy tazyiqlar o‘tkazilmaganligini ma’lum qildi. Xibsxonaga joylashtirish va chiqib ketayotgan vaqtida uning badanida jismoniy jarohatlar kuzatilmagani, sog‘lig‘i bo‘yicha shikoyatlar bo‘lmagani va ruhiy holati mutaxassislar tomonidan ijobiy baholangani aytilmoqda.
Sharqshunos olim Andrey Kubatin koronavirus asoratlari tufayli vafot etganidan so‘ng, uning opasi Zangiota kasalxonasi tibbiyot xodimlarining harakatlarini baholashni prokuraturadan so‘ragan edi. Prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etdi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, tashxis to‘g‘ri qo‘yilgan va davolash Sog‘liqni saqlash vazirligining tavsiyalari asosida amalga oshirilgan.
25 yanvar kuni marhum olim Andrey Kubatinning nohaq qamalgani va uning oila a’zolariga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash yuzasidan Uchtepa tumanlararo sudida sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Ma’naviy zarar undirish bo‘yicha da’voni marhumning opasi Klara Saxarova kiritgan. Javobgar sifatida Toshkent shahar Moliya boshqarmasi sudga jalb etilgan va yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 3,5 mlrd so‘m mablag‘ undirish so‘ralgan.
Koronavirusdan vafot etgan sharqshunos olim Andrey Kubatinning opasi Klara Saxarova talab qilingan 560 million so‘m o‘rniga 462 ming so‘m miqdoridagi moddiy tovon puli to‘g‘risidagi sud qaroridan norozi bo‘lib, shikoyat arizasi yozmoqchi. Kubatin reabilitatsiya qilinmaguniga qadar davlatga xiyonat qilishda ayblanib, 2,5 yil qamoqda o‘tirib chiqqan edi. Uning opasi «Gazeta.uz»ga jinoyat ishi tafsilotlari, qiynoqlar va Zangiota kasalxonasidagi davolanish haqida gapirib berdi.
Sharqshunos olim Andrey Kubatin koronavirus asoratlaridan vafot etdi. 2017 yilda u davlatga xiyonat qilishda ayblanib sudlangan va 2019 yilda reabilitatsiya qilingan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting